Matye Lui-Jan yangi bosh murabbiy haqida fikr bildirdi:
Ha, bizda yangi murabbiy paydo bo'ladi, u, katta ehtimol bilan, xalqaro tanaffus boshida jamoaga qo'shiladi.
Yo'q, biz hammasini noldan boshlayotganimiz yo'q, mutlaqo unday emas. Bu yangi loyiha emas. Bir murabbiy ketyapti, lekin loyihaning o'zi avvalgidek qolmoqda. Biz haqiqatan ham vorisiylikni saqlab qolmoqchimiz.
Biz Paulo bilan birgalikda bu jamoani shakllantirganmiz, lekin bu umuman Paulo jamoasi emas — bu biz ko'rishni istagan «Olimpik Lion» jamoasi. Uning o'ziga xos mentaliteti, DNKsi va biz taklif etgan futbolchilarning xususiyatlariga mos keladigan o'yin konsepsiyasi bor. Yangi murabbiy esa bularning barchasiga moslashishi kerak bo'ladi.
Men u bilan allaqachon bir necha bor suhbatlashdim. Biz o'z ishiga chin dildan yonib kirishadigan, ambitsiyali, jamoamizning o'yin prinsiplarini yaxshi biladigan va ularni moslashtira oladigan murabbiyni ko'rishni istaymiz.
O'yin falsafasi va prinsiplariga kelsak, ha, hammasi hozirgiga yetarlicha o'xshash, yetarlicha yaqin bo'ladi. Albatta, uning o'z dastxati va o'zi olib kiradigan g'oyalari ham bo'ladi, chunki biz doimo yaxshiroq bo'lishga intilamiz. Va bu yerda shuni tushunish muhimki, jamoa o'zgarmaydi, o'yinchilar ham avvalgidek qoladi.
Biz biz uchun juda muhim bo'lgan o'sha futbolni o'ynashda davom etamiz. Aynan shu yo'nalish doirasida yangi murabbiy ham o'z ishini olib boradi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!