Mauro Ikardi «Inter»dagi faoliyati haqida gapirdi
Internazionale Milano ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 27

Mauro Ikardi «Inter»dagi faoliyati haqida gapirdi

— Agar ortga qaytish imkoningiz bo'lsa, «Inter»dagi faoliyatingizda nimadirni o'zgartirarmidingiz?

Faqat bu ranglarga bo'lgan his-tuyg'ularimni va ularga qancha narsa berganimni emas. Men ba'zi vaziyatlardagi, ayniqsa, oxiridagi xatti-harakatlarimni o'zgartirgan bo'lardim. Sardorlik bog'ichidan ayrilish menga qattiq og'riq berdi. Men buni mas'uliyat, faxrlanish uchun sabab deb bilardim. Shu bilan birga, tizzam bilan bog'liq muammolarim bor edi va kuchli og'riq tufayli har bir o'yinda ukol olib maydonga tushardim. Ushbu jiddiy muammo borligiga shubha bilan qaralganini qabul qilish qiyin edi. Bugun men hamma narsani yaxshiroq tushuntira olardim va ayrim vaziyatlarga ko'proq vazminlik bilan yondashardim. Buni tan olish «Inter»ga bergan narsalarimni aslo kamaytirmaydi. Bu shunchaki ulg'ayganimni anglatadi.

[La Repubblica]

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!