Mayki Mur Angliyada qolish imkoniyati bo'lganini, biroq komfort zonasidan chiqishni xohlaganini aytib o'tdi:
«Menda Angliyada qolish uchun variantlar bor edi, u yerda hammasi qulayroq bo'lardi.
Ammo yakunda jamoa tanlashim kerak edi va men biroz komfort zonamdan chiqib, o'zimni kuchli ligalardan birida — top-5 ligada sinab ko'rmoqchi bo'ldim.
So'nggi yillarda ko'plab yosh futbolchilar bu yerga kelayotganini ko'rdingiz. Jud Bellingem va Jeydon Sancho kabi bu yerda katta muvaffaqiyatlarga erishgan haqiqatan ham yaxshi misollar bor.
Bu futbol uchun juda jozibali joy, ayniqsa yosh hujumkor futbolchi uchun. Bu o'yin uchun ajoyib maydoncha va buni menga klubdagi insonlar hamda murabbiy yaxshilab tushuntirib berishdi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!