Maykl Kerrik "Manchester Yunayted"da unga vaqt berilishi borasida fikr bildirdi:
Ha, o'ylayman-ki, shunday. Lekin men bu haqda o'ylamayapman. Men bu yerda g'alaba qozonish – hozirgi vaqtda natija ko'rsatish, shu bilan birga klub rivojlanishi va buyuklik sari harakat qilish uchun turibman.
Yana bir bor aytaman, natijalar va sovrinlar haqida gapiradigan bo'lsak, bu baribir buyuk klub, ammo biz bu buyuklikni maydonda ko'rsatishimiz kerak.
So'nggi vaqtlarda biz bu darajaga yeta olmayapmiz va buni tushunib turibman. Lekin bu vaziyatda men o'zim haqimda – qancha vaqtim borligi yoki shaxsan men uchun ishlar qanday ketayotgani haqida o'ylamayapman. Hech bir inson bu klubdan muhimroq bo'lishi mumkin emas.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!