Fabrisio Romano xabariga ko'ra, PSJ "Ayaks" bilan 21 yoshli belgiyalik vinger Mika Godts transferi bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi. Kelishuv qiymati 55 million yevroni tashkil etadi. Godts 2031-yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma shartlarini kelishib oldi.
Moliyaviy jihatdan tahlil qiladigan bo'lsak:
"Ayaks" Godtsni 2023-yil yanvarida "Genk" yoshlar jamoasidan 1 million yevro evaziga sotib olgandi. Bir yil o'tib, tomonlar shartnomani 2029-yilga qadar uzaytirishdi.
"Ayaks" ushbu transferdan 55 million yevroni sof foyda sifatida qayd etadi (agar bonuslar bo'lsa, ular faollashganda). "Genk" yoki "Anderlext" klublariga tegishli foizlar haqida hozircha ma'lumot yo'q.
PSJ uchun ushbu transfer yiliga 11 million yevroga tushadi (besh yillik amortizatsiya) va bunga futbolchining maoshi qo'shiladi.
"Ayaks" uchun bu haqiqiy jekpot – klub 1 millionlik investitsiyadan 50 barobar foyda ko'rmoqda. Bu muvaffaqiyatsiz mavsumdan keyin klub uchun juda muhim moliyaviy yordam bo'ladi. PSJ esa o'tgan mavsum Eredivizi MVP'si va Yevropaning top-5 ligalaridan tashqaridagi eng yorqin yosh vingerlardan birini o'z safiga qo'shib olmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!