🔴⚫ «Milan» David Odoguni ijaradan muddatidan oldin qaytarishi mumkin!
David Odoguning «Tuluza»dagi ijarasi «Milan» kutganidek kechmayapti. Nemis himoyachisi mavsum boshidan buyon birorta daqiqa ham maydonga tushgani yo'q: u yo zaxirada qolmoqda, yo qaydnomaga kiritilmayapti. Oxirgi «Strasbur»ga qarshi bahsni futbolchi tana harorati ko'tarilgani sababli o'tkazib yubordi.
LesViolets.com ma'lumotiga ko'ra, «Milan» allaqachon Fransiya klubi bilan yanvar oyida ijarani muddatidan oldin yakunlash imkoniyatini muhokama qilgan.
«Rossoneri»ning rejasi — Odogu uchun u muntazam o'ynab, tajriba orttirishi mumkin bo'lgan yangi jamoa topish.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!