TNT Sports Brasil xabariga ko'ra, «Milan» Endrik transferi uchun 70 million yevro taklif qilishga tayyorlanmoqda va bu borada «Roma»ni ortda qoldirmoqchi.
«Rossoneri» allaqachon Madrid klubi va futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan. Ular futbolchiga Trigoriada tayyorlanayotgan loyihadan butunlay farq qiladigan yangi loyihani taklif qilishgan.
«Milan»ning taklifi 60 million yevro kafolatlangan to'lov va 10 million yevro bonuslarni o'z ichiga oladi. Shu tariqa, bitimning umumiy qiymati 70 million yevroga yetadi. Gap ijara haqida emas, to'liq transfer haqida ketmoqda. Bundan tashqari, milanliklar braziliyalik futbolchiga hozirgi 3,2 million yevro maoshidan ancha yuqori bo'lgan maosh taklif qilishga tayyor. Rasmiy taklif yaqin kunlarda yuborilishi kutilmoqda.
«Roma» uchun vaziyat murakkablashmoqda. Bugun ertalab Matteo Moretto Rete Sport efirida sentyabr oyidan noyabr boshigacha aynan rimliklar Endrik uchun kurashda eng faol klub bo'lganini va uni Italiya poytaxtiga olib kelish fikridan qaytmaganini yana bir bor tasdiqladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!