«Milan» o'ng qanot himoyachisi pozitsiyasini kuchaytirish maqsadida 20 yoshli niderlandiyalik futbolchi Gvayro Ridning o'yinini diqqat bilan kuzatmoqda.
Rid avvalroq Chempionlar ligasi doirasidagi o'zaro o'yinda «Milan» vakillarida yaxshi taassurot qoldirgan edi. Shuningdek, futbolchini Niderlandiya yoshlar terma jamoasining yaqinlashib kelayotgan o'yinlarida ham kuzatishda davom etishlari kutilmoqda.
Hozircha aniq muzokaralar yo'q. Italiya OAV xabariga ko'ra, «Feyenoord» futbolchini faqat 30 million yevrodan boshlanadigan summa evaziga sotishni ko'rib chiqishga tayyor.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!