«Milan» Kamardani yo'qotishni istamayapti!
Franchesko Kamarda yana ijaraga ketishi mumkin, ammo «Milan» rahbariyatining pozitsiyasi aniq: sotuv ham, sotib olish huquqi ham bo'lmaydi! ❤️🖤
Joriy mavsumda 18 yoshli hujumchi atigi 119 daqiqa o'yin vaqti oldi. Shu sababli klub unga muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishi mumkin bo'lgan jamoa topmoqchi. A Seriya va xorijdan variantlar ko'rib chiqilmoqda.
📌 Kamarda allaqachon bir nechta tarixiy rekordlarni o'rnatishga ulgurdi:
- A Seriya tarixidagi eng yosh debyutant — 15 yoshu 8 oy.
- Chempionlar ligasi tarixidagi eng yosh italiyalik — 16 yoshu 226 kun.
- Italiya U-21 terma jamoasi safida 6 ta o'yinda 4 ta gol.
✍️ Uning «Milan» bilan shartnomasi 2031-yilga qadar amal qiladi va klub hamon unga ishonch bildirmoqda.
🔥 Sizningcha, Kamarda faoliyatini qayerda davom ettirgani ma'qul — A Seriyadagi boshqa klubdami yoki xorijda o'z kuchini sinab ko'rgani ma'qulmi?
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!