Milan UEFA'dan qancha daromad oladi?
MilanAC ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 20

Milan UEFA'dan qancha daromad oladi?

💰🔴⚫️ «Milan» allaqachon joriy mavsum uchun UEFA'dan kamida €14,6 mln kafolatlab bo'ldi!

Sentyabr oyida klub €11,5 mln oldi. Navbatdagi to'lov 20-noyabrga kutilmoqda: dastlabki to'rt turdagi ochkolar uchun kamida €450 ming, agar «Ferensvarosh» ustidan g'alaba qozonilsa, summa €900 minggacha ko'tarilishi mumkin.

📈 Agar «rossoneri» umumiy bosqichda sakkizinchi o'rinni egallab, to'g'ridan-to'g'ri 1/8 finalga chiqsa va yarim finalgacha yetib borsa, umumiy daromad €27,8 mlnni tashkil qiladi.

Hisob-kitoblarga ko'ra, simulyatsiyalardagi o'rtacha to'lov summasi — €24 mln, 90% ssenariylarda esa daromad €17–40,2 mln oralig'ida bo'ladi.

🏆 Sizningcha, «Milan» Yevropa ligasida qanchalik uzoqqa bora oladi?

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!