Milan va Inter yangi stadion uchun rekord darajadagi homiylik shartnomasini imzoladi
MilanAC ↗ ●●●●● Umumiy 👁 17

Milan va Inter yangi stadion uchun rekord darajadagi homiylik shartnomasini imzoladi

Yangi stadion allaqachon «Milan»ga millionlar keltirmoqda! Va bu hali boshlanishi!

«Milan» va «Inter» Italiyaning Generali kompaniyasi bilan keng ko'lamli shartnoma imzoladi. Mazkur kompaniya har ikki klubning rasmiy sug'urta hamkoriga aylanadi va bo'lajak arena nomlash huquqini qo'lga kiritadi.

Raqamlar kishini hayratga soladi:

🔴 Yaqin 5 yil ichida — har bir klubga yillik 10 million yevrodan.

⚫ Stadion ochilgandan so'ng — har bir klubga yillik 15 million yevrodan!

🏟️ Shartnomaning umumiy qiymati — butun muddat uchun qariyb 650 million yevroni tashkil etadi.

Yangi stadion Generali Stadium deb nomlanadi.

Taqqoslash uchun: «Barselona» Camp Nou nomi uchun qariyb 20 million yevro, «Bavariya» — 13 million, «Yuventus» esa — 8–10 million yevro oladi.

Shu tariqa, «Milan» va «Inter» o'z arenasi nomi uchun Yevropada rekord darajadagi yillik 30 million yevro mablag' oladi! 🔥

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!