Il Tempo jurnalisti Filippo Biafora xabariga ko'ra, "Roma" "Atletiko Madrid" bilan Nahuel Molinaning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Ma'lumotlarga ko'ra, bitim 13 million yevro kafolatlangan summa va 4 million yevro bonuslar asosida kelishib olingan.
Fabrisio Romano tasdiqlashicha, "Roma" Nahuel Molina transferini yakunlashga juda yaqin: bitim summasi 17 million yevroni tashkil etadi, shundan 13 millioni kafolatlangan summa, 4 million yevrosi esa bonuslar ko'rinishida. Hozirda futbolchi bilan muzokaralar olib borilmoqda, ammo argentinalik himoyachi "Roma"ga o'tishga bir qadam qoldi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!