🔘 Tijoriy maqsadlardagi uzoq safarlardan voz kechish haqida:
«Menga bitta o'yin uchun Avstraliyaga, yana bir o'yin uchun Singapurga borish evaziga olti million dollar taklif qilishdi. Buning uchun 30 soat uchishim kerak edi, keyin esa mavsumga tayyorgarlik ko'rishim kerak! Bunchalik ko'p o'yinga tayyorgarlik ko'rish kerak bo'lgan paytda, bu taklif menga aqldan ozishdek tuyuldi.»
🔘 Mavsumoldi o'yinlari translyatsiyasini tashkil etish haqida:
«Meni millionlar qiziqtirmaydi. Men Trentino va Abrutsoda jamoalarni taklif qilib, ularga pul to'lagan holda o'yinlar tashkil etdim. Shuningdek, «Napoli»ning o'rtoqlik uchrashuvlarini 9,99 yevrolik arzon to'lov evaziga pullik translyatsiya tizimi orqali ko'rsatdim, bu umuman qimmat emas.»
🔘 Armani bilan hamkorlik haqida:
«EA7 Giorgio Armani kompaniyasi bilan hamkorlikdagi shaxsiy ishlab chiqarishimiz tufayli, to'rt yil ichida suvenir mahsulotlari savdosi 7 million yevrodan 30 million yevrodan oshib ketdi.»
🔘 Klub yuz yilligiga bag'ishlangan film haqida:
«Napoli» tarixi XIX asr oxirida boshlanadi. Biz kechagacha bo'lgan barcha tarixni hikoya qilamiz va film yanvar oyining ikkinchi haftasida Italiya kinoteatrlarida namoyish etiladi... U deyarli to'rt soat davom etadi, men uni keyinchalik xalqaro platformalar uchun to'rt qismga ajrataman.»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!