Napoli ultraslari Aurelio De Laurentiisga qarshi bayonot berdi
СУПЕРТИФО ↗ ●●●●● Umumiy 👁 19

Napoli ultraslari Aurelio De Laurentiisga qarshi bayonot berdi

Napoli ultraslari klub prezidenti Aurelio De Laurentiisning stadiondagi bannerlarni taqiqlash va o'sha joylarni homiylarga sotish g'oyasiga nisbatan o'z munosabatini bildirdi.

Biz ushbu kunlarda prezident Aurelio De Laurentiisning asossiz bayonotlariga yana bir bor guvoh bo'lmoqdamiz. Uyushgan tifozeriya va ultras-harakat shuni aniqlashtirishni istaydiki, klubning yuz yillik bayrami vaqtida Società Sportiva Calcio Napoli bilan hech qanday aloqa bo'lmagan. Qolaversa, klub mehmonlar va o'yinchilarni 31-iyuldagi bayramda ishtirok etmaslikka chaqirib, ularga bosim o'tkazishga uringan.

Shuningdek, ultraslar prezident tomonidan 1-avgust kuni uyushtirilgan tadbirga hech qanday taklifnoma bo'lmaganini ta'kidlashdi. Kastel-di-Sangrodagi yig'in vaqtida esa prezident jamoa bilan uchrashuvdan bosh tortib, o'z noroziligini ko'rsatgan.

So'nggi kunlarda ma'lum bo'lishicha, prezident De Laurentiis stadiondan foydalanish reglamentiga bannerlarni butunlay taqiqlash bo'yicha band kiritmoqchi bo'lgan. U bir tomondan stadionni reklama taxtasiga aylantirib, ozgina daromad olishni, ikkinchi tomondan esa uyushgan tifozeriyani yo'q qilishni ko'zlamoqda.

Bayonot yakunida ultraslar quyidagilarni qo'shimcha qilishdi:

Aurelio De Laurentiis eslab qolsin: uyushgan tifozeriya va ultras-harakat u klubga kelishidan ancha oldin ham mavjud bo'lgan. U futbol klubi egasi bo'lishi mumkin, ammo Neapol va Napoli xalqning mulki bo'lib qoladi!
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!