Napoli va MSC vakillari stadion hamda sport majmuasi qurilishini muhokama qilishdi
Forza Napoli ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 35

Napoli va MSC vakillari stadion hamda sport majmuasi qurilishini muhokama qilishdi

Kecha Jenevada «Napoli» va MSC o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tdi.

Futbol klubi uning egasi Aurelio De Laurentis tomonidan taqdim etildi. Yirik kruiz kompaniyasidan esa egasi Janluiji Aponte hamda direktorlar kengashiga kiruvchi oila a'zolari ishtirok etishdi.

Il Mattino yozishicha, De Laurentis tomonidan rejalashtirilgan ikkita yirik sport obyekti: stadion va sport markaziga birgalikda sarmoya kiritish masalalari muhokama qilindi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!