Nauel Molina Rimga yetib keldi va Champino aeroportiga qo'ndi.
Uni yuzga yaqin «Roma» muxlislari kutib olishdi. Ertaga himoyachi tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng «Roma» bilan to'rt yillik shartnoma imzolaydi.
Kelishuvga ko'ra, futbolchining yillik maoshi taxminan 2,5 million yevroni tashkil qiladi. Barcha rasmiyatchiliklar yakunlangach, argentinalik himoyachi nihoyat Jan Pero Gasperini qo'l ostida mashg'ulotlarni boshlashi va yangi jamoadoshlari bilan tanishishi mumkin bo'ladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!