«Neftchi» jamoasi 2-noyabr kuni Osiyo Chempionlar Ligasi Elit musobaqasi doirasida Eronning «Traktorsozi» klubiga qarshi kechadigan uchrashuvda ishtirok etish uchun Ummon Sultonligi poytaxti Maskat shahriga yetib keldi.
Jamoamiz 31-oktabr kuni erta tongda Farg‘ona xalqaro aeroportidan Ummon Sultonligining Maskat shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reysi orqali yo‘l oldi.
Safar delegatsiyasi tarkibida futbolchilar, murabbiylar shtabi, rahbariyat va klub personali vakillari bor.
Shuningdek, jamoamizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 100 nafarga yaqin fan-klub a’zolari va muxlislar ham jamoa bilan birga Maskat shahriga yetib keldi.
MURABBIYLAR
Islombek Ismoilov — bosh murabbiy
Antonio Sarioglou — jismoniy tayyorgarlik murabbiyi
Vitaliy Galat — darvozabonlar murabbiyi
Anvar Berdiev — murabbiy
selektsioner
Rafael Pereira — tahlilchi
FUTBOLCHILAR
Botirali Ergashev
Akbar To‘rayev
Bojan Ciger
Muhammadqodir Rasuljonov
Izzatillo Po’latov
Michel Augusto
Ibrohim Halil Yo‘ldoshev
Farruh Sayfiyev
Nurmuhammad Abdug‘aniyev
Xurshid G‘iyosov
Rustambek Fomin
Azizbek Erimbetov
Francisco Ferreira
Abrorbek Ismoilov
Vladimir Yovovich
Jamshid Iskanderov
Alisher Odilov
Ikromjon Alibayev
Asilbek Jumayev
Bilolxon Toshmirzayev
Stipe Perica
Nurbek Sarsenbayev
Yan Sasse
Marcus Forss
Jarohatlari sababli jamoa sardori Anvarjon G’ofurov, Muhsin Ubaydullayev, Zoran Marushich, Koffi Franck Kouao, Jovan Djokich hamda Abdulla Abdullayev «Traktorsozi»ga qarshi uchrashuvda jamoamizga yordam bera olmaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!