📻 Cadena SER | "Negreyra ishi" bo'yicha tergov kecha rasman yakunlandi. "Barselona B" jamoasining sobiq ustozi J. Lopes sudda ko'rsatma berib, hakamlar faoliyati bo'yicha Negreyraning o'g'li tayyorlagan hisobotlardan foydalanganini ma'lum qildi. Bu kataloniyaliklarning versiyasini tasdiqlaydi.
Shu bois, "Negreyra ishi" bo'yicha tergov rasman yakunlandi. Endi sudya Alexandro Xilga faqat "Barselona"dan "Madrid" so'rovi bilan taqdim etilishi shart bo'lgan muayyan moliyaviy hisobotlarni olish qoldi.
Dastlab sud "qaymoqranglilar"ning 2010-yildan 2021-yilgacha bo'lgan davr uchun audit xulosalari va moliyaviy hisobotlarni so'ragan iltimosnomasini rad etgan edi. Biroq Barselona Oliy viloyat sudi "Madrid" talabini qisman qanoatlantirdi.
Kerakli hujjatlar sudga 2027-yil boshiga qadar kelib tushishi kutilmoqda. Ularni o'rganib chiqqach, Xil "Negreyra ishi" bo'yicha tergovni to'xtatish yoki ishni sudga oshirish bo'yicha yakuniy qarorni qabul qiladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!