🗣️ Nemanya Vidich — «Manchester Yunayted»ning «Tottenxem»ga qarshi o'yini haqida:
«Birinchi bo'limni tomosha qilayotganimda, o'zimga doim savol berardim: «Kerrik mashg'ulotlarda bu yigitlarga umuman nima o'rgatyapti?» Go'yo ular birinchi marta birga o'ynayotgandek edi.
Lammens to'pni Maguayrga uzatardi, u esa Martinesga, keyin uzatma Shouga borardi, u esa shunchaki to'pni oldinga tepib yuborardi. «Tottenxem» to'pni qaytarib olib, yana hujum qilardi.
Xuddi shu holat Yoro orqali ham sodir bo'ldi. Hech qanday ritm, aniq reja va o'yinchilar o'rtasida o'zaro tushunish yo'q.
Biroq Kerrikning 60-daqiqalar atrofidagi o'zgarishlaridan keyin hammasi o'zgardi. «Yunayted» ancha xavfliroq harakat qila boshladi.
Bu jamoada sifat borligini ko'rsatadi, ammo ularga o'zaro hamjihatlik va tushunarli taktikalar yetishmayapti. Agar to'pni doimo shunchalik oson yo'qotaversangiz, o'yinni nazorat qilishning imkoni yo'q».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!