😳 Chempionlar ligasidan 8-ligagacha!
Niklas Zyule Dortmundning Borussiya klubi bilan shartnomasi yakunlangach, jarohatlari sababli professional faoliyatini yakunladi. Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi va Chempionlar ligasi g'olibi futbol bilan butunlay xayrlashgani yo'q.
30 yoshli himoyachining yangi klubi Germaniya Kreisligasida (musobaqalarning 8-darajasi) ishtirok etuvchi SV Tiefenbach havaskorlar jamoasi bo'ldi. Zyule bunga faqat zavq olish uchun qaror qildi, chunki jamoada uning yaqin do'stlari to'p suradi va uni do'sti boshqaradi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!