🤑 Niko Gonsalesning «Manchester Siti»dan «Nyukasl»ga o'tishi «Portu»ga 560 ming yevro atrofida mablag' keltirishi kutilmoqda.
O JOGO xabariga ko'ra, «Portu» yarim yil avval Niko Gonsalesni «Manchester Siti»ga 60 million yevro evaziga sotgan edi. Endilikda futbolchining «Nyukasl»ga 48 million funt sterling (taxminan 56 million yevro) va bonuslar evaziga transferi rasmiylashgach, «ajdarlar» qo'shimcha foyda olish arafasida.
«Portu» birdamlik mexanizmi (solidarity mechanism) asosida mablag' oladi. Ushbu to'lovlar bir nechta klub o'rtasida taqsimlanadi: futbolchini tarbiyalagan «Barselona» eng katta ulush — 1,96 million yevro, «Portu» 560 ming yevro, Niko bir mavsum ijarada o'ynagan «Valensiya» esa 280 ming yevro ishlab oladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!