Nizarning La Ligadagi debyuti Villarreal u bilan 2030-yilgacha mo'ljallangan shartnomani uzaytirganini e'lon qilganidan atigi besh kun o'tib amalga oshdi. Klub rasmiy bayonotida o'yinchini shunday ta'rifladi: «o'ta iqtidorli vinger, qanotlarda keskinlik yarata oladigan, to'p bilan ishlashda ajoyib texnika va birga-bir vaziyatlarda dribling mahoratiga ega, shuningdek, ham golli uzatmalar bera oladigan, ham o'zi gol ura oladigan futbolchi».
Uning elita darajasiga ko'tarilishi Marokashda ham e'tiborsiz qolmadi: mahalliy OAV uning Santyago Bernabeu stadionida maydonga tushganiga alohida e'tibor qaratdi.
Garchi Nizar Ispaniyada tug'ilib o'sgan bo'lsa-da, kelib chiqishi unga Marokash fuqaroligini olish va ushbu shimoliy afrikaliklar terma jamoasi safida to'p surish huquqini beradi.
Biroq, faoliyatining nostandart rivojlanishi tufayli u bungacha ushbu mamlakatlarning hech birida o'smirlar darajasidagi terma jamoalarda o'ynamagan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!