😡Noa Lang yana bir mojaro markazida qoldi.
🤬«Latsio»ga qarshi chempionat o'yini vaqtida Maradona nomidagi stadionda «Napoli» muxlislari Noa Langni keskin hushtakbozlik bilan kutib olishdi. Ular futbolchiga Chempionlar ligasidagi oldingi o'yinda ko'rsatgan hurmatsizligini, ya'ni mehmonlar sektoriga yaqinlashmay, namoyishkorona kiyim almashtirish xonasiga kirib ketganini eslatib qo'yishdi.
Niderlandiyalik vinger tribunalar tomon o'girilib, qo'lini qulog'iga qo'ydi va «Men sizlarni eshitmayapman» ishorasini ko'rsatdi. «Napoli» muxlislari bu harakatni mutlaqo o'rinsiz provokatsiya deb baholashdi. Shu lahzadan boshlab, u to'pga har gal tekkanida stadion uni hushtakbozlik bilan kutib oldi.
🦶O'yin yakunlanganidan so'ng, Lang xuddi Portudagidek tezroq kiyim almashtirish xonasiga kirib ketmoqchi bo'ldi, ammo jamoadoshlari uni yo'l-yo'lakay qaytarib, hamma bilan birga muxlislarga qo'llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirishga majbur qilishdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!