Oaktree «Inter» aksiyalarining bir qismini sotishga tayyor
Internazionale Milano ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 19

Oaktree «Inter» aksiyalarining bir qismini sotishga tayyor

Bir nechta minoritar aksiyadorlar «Inter» aksiyalarini sotib olishga tayyor, Oaktree fondi esa muzokaralar olib borish va klub aksiyalarining bir qismini sotishga ochiq. Joriy yozda Oaktree klubning minoritar aksiyadori bo'lishni istagan investorlardan bir nechta takliflar oldi. Xabar qilinishicha, ularga yirik fondlar, shuningdek, yirik biznes sulolalari aktivlarini boshqaradigan italyan va xorijiy shaxslar murojaat qilgan.

Oaktree olingan takliflarni baholamoqda. Fond vakillari mish-mishlar bo'yicha izoh berishdan bosh tortishdi. Minoritar ulushni sotish fondga so'nggi 2 yil davomida «Inter»da amalga oshirilgan ishlar — klubning foydaga qaytishi va yangi stadion qurish uchun ruxsat olishi evaziga foyda ko'rish imkonini beradi.

Ushbu bitimda «Inter»ga berilgan baho kelajakda butun klubni sotish uchun minimal mo'ljaldagi narx bo'ladi. Forbes ma'lumotlariga ko'ra, «Inter»ning qiymati qarzni hisobga olgan holda taxminan 1,5 milliard yevroni tashkil etadi, Football Benchmark ma'lumotlariga ko'ra esa bu ko'rsatkich 2,1 milliard yevroga teng.

Corriere dello Sport
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!