Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 2027-yilda Braziliyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Marokashda tashkil etiladigan pley-off turnirida ishtirok etadi. Jamoamiz mazkur musobaqada Papua-Yangi Gvineya, Gana va Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Bugun O‘FA rahbariyati terma jamoamiz a’zolari bilan uchrashdi. Suhbat davomida jamoa oldida turgan muhim musobaqa, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ayollar futbolini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda terma jamoa oldiga qo‘yilgan asosiy maqsadlar muhokama qilindi.
Shuningdek, terma jamoaning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, tarixiy natijaga erishish va Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish muhim vazifa ekani ta’kidlandi. Futbolchilarga xalqaro maydonda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilish yo‘lida omad va muvaffaqiyatlar tilandi.
Jamoamiz turnirdagi ishtirokini 28-noyabr kuni Papua-Yangi Gvineya terma jamoasiga qarshi bahs bilan boshlaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!