Oliver Kan «Manchester Yunayted»ning «Tottenxem»ga qarshi o'yini haqida fikr bildirdi:
«Neajabki «Manchester Yunayted» — Angliyaning eng dangasa jamoasi? Bunchalik kuchli o'yinchilarga ega bo'la turib, ular deyarli g'alaba qozona olishmayapti.
Birinchi bo'limda «Tottenxem» raqibini butunlay dog'da qoldirdi, to'pga ko'proq egalik qildi va ko'proq vaziyatlar yaratdi.
Ko'pchilik ligadagi eng yomon jamoalardan biri deb hisoblaydigan jamoa «Old Trafford»ga kelib, hatto kamchilik bo'lib qolganiga qaramay, bir ochko olib ketdi. Bu haqiqiy sharmandalik.
Kerrikning o'zi qarorlarida adashib qolganga o'xshaydi. Avval Amadni maydonga tushiradi, keyin uni Zirkzeega almashtiradi. Jamoa harakatlarida taktik g'oya umuman sezilmayapti.
Bunday tarkib bilan bunchalik yomon o'ynab bo'lmaydi. Balki Kerrik boshqa klubga mos kelar, lekin «Manchester Yunayted»ga aniq emas».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!