Omar Marmush «Tottenxem»ga o'tdi
Good Sport ↗ ●●●●● Transfer 👁 17

Omar Marmush «Tottenxem»ga o'tdi

«Tottenxem» «Manchester Siti» bilan 27 yoshli misrlik hujumchi Omar Marmushni 2027-yil yoziga qadar ijaraga olish bo'yicha kelishuvga erishdi. Bitim 58.3 million yevro (50 million funt) evaziga sotib olish majburiyatini va 12 million yevro miqdoridagi bonuslarni (shundan 6 millioni kafolatlangan) o'z ichiga oladi.

Moliya masalasiga to'xtaladigan bo'lsak:

«Siti» Marmushni 2025-yil yanvarida «Ayntraxt»dan 75 million yevroga sotib olgan edi. Amortizatsiya 15 million yevroni, balans qoldig'i esa 52.8 million yevroni tashkil etadi.
Majburiy sotib olish sharti bilan bitim ijara shartnomasi boshlangan paytdan e'tiboran doimiy transfer sifatida qayd etiladi. Shunda «Siti» darhol 5.5 million yevroni daromad sifatida yozadi, shuningdek, yillik xarajatlardan 37.5 million yevro (22.5 million yevro maosh va 15 million yevro amortizatsiya) chiqarib tashlanadi.
«Tottenxem» uchun bitim yiliga 11.9 million yevro va maoshga tushadi. Bonuslar esa faollashtirilgan taqdirda xarajatlarga qo'shiladi.

Bu mantiqiy bitim, ammo tomonlar uchun turlicha ahamiyatga ega. «Siti» hujum chizig'ini va maoshlar byudjetini o'z vaqtida yengillatib, xarid summasining deyarli barchasini qaytarib olmoqda va muvaffaqiyatsiz chiqqan tajribani yakunlamoqda (61 o'yinda 16 ta gol — 75 million yevrolik transfer uchun kutilganidan pastroq ko'rsatkich).

«Tottenxem» esa mavsum startidagi omadsizlikdan so'ng, yaqindagina Bundesligada porlagan hujumchini tarkibga qo'shib oldi. Londonliklar hujum chizig'ini qimmatbaho futbolchilar bilan kuchaytirishda davom etmoqda, biroq bir xil tipdagi o'yinchilar yig'ilayotgandek — barchasini mavsum ko'rsatadi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!