Xitoy 1:1 O'zbekiston: Ayollar terma jamoamiz tarixiy durangga erishdi
Ayollar futboli ↗ ●●●●● Natijalar 👁 9

Xitoy 1:1 O'zbekiston: Ayollar terma jamoamiz tarixiy durangga erishdi

O'zbekiston futboli tarixida yangi sahifa: ayollar milliy terma jamoamiz Xitoy bilan durang o'ynadi.

Bugun Yaponiyada bo'lib o'tayotgan XX Osiyo o'yinlarida 2-tur uchrashuvlari start oldi. Tur doirasida O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Xitoyga qarshi maydonga tushdi.

Xitoy ayollar terma jamoasi ayni vaqtda FIFA reytingida 16-o'rinni egallab turibdi. Shuningdek, jamoa Osiyo kubogining 9 karra hamda Osiyo o'yinlarining 3 karra g'olibi hisoblanadi.

Kotrina Kulbite boshchiligidagi terma jamoamiz kuchli raqibga qarshi munosib o'yin namoyish etib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. O'zbekiston terma jamoasining goliga Xolida Dadaboyeva (41-daqiqada) mualliflik qildi. Xitoy safida esa Zhan Lin Yang (70-daqiqada) gol urdi.

Shu tariqa, O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Xitoyga qarshi uchrashuvda durang natija qayd etdi.

Terma jamoamiz guruh bosqichidagi navbatdagi uchrashuvini 20-sentabr kuni Gongkongga qarshi o'tkazadi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!