O'zbekiston U-17 qizlar terma jamoasi CAFA chempionatida g'alaba qozondi
Ayollar futboli ↗ ●●●●● Natijalar 👁 10

O'zbekiston U-17 qizlar terma jamoasi CAFA chempionatida g'alaba qozondi

O'zbekiston U-17 qizlar terma jamoasi CAFA U-17 Championship musobaqasidagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi. Jamoamiz dastlabki turda Tojikiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida har ikki jamoada ham hisobni ochish imkoniyati bo'lmadi va tanaffusga 0:0 hisobida chiqildi. Bahs taqdiri ikkinchi bo'lim yakunida hal bo'ldi. 84-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Sabrina Bekniyozova raqib darvozasini ishg'ol qilib, O'zbekiston terma jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston U-17 qizlar terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 17-sentabr kuni Qirg'iz Respublikasi terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!