Liga 1da yozgi transferlar oynasi o'z nihoyasiga yetdi. Ushbu davr mobaynida biz taxminan 80 million yevro sarfladik va quyidagi futbolchilarni rasman tarkibimizga qo'shib oldik:
- Patrik Zabi (25 mln)
- Diyego Koppola (17,5 mln)
- Pablo Pajis (15 mln)
- Luka Koleosho (14 mln)
- Lassin Sinayoko (7,5 mln)
- Andrey Kvirikadze (0,5 mln)
- Emmanuele Mbemba (0 yevro)
Fransiya klublari orasida biz xarajatlar bo'yicha "PSJ" va "Strasbur"dan keyin 3-o'rinni egallab turibmiz.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!