«Nitsa»ga qarshi yakshanba kuni soat 20:45da «Grupa» stadionida bo'lib o'tadigan bahs oldidan Paulo Fonseka matbuot anjumani o'tkazdi. «Lion» bosh murabbiyi tarkibdagi mavjud o'yinchilar haqida gapirib, tig'iz taqvim sababli boshlang'ich tarkibda bir qator o'zgarishlar qilishini ma'lum qildi. U shuningdek, raqibning kuchli tomonlari, jamoasidagi tarkib chuqurligi va chempionatdagi muvaffaqiyatli seriyani davom ettirish muhimligini ta'kidladi.
Maydonga tusha olmaydigan o'yinchilar
Bizda Lois Openda, Nikolas Talyafiko va Moxamed Uedraogo bilan bog'liq vaziyatlar bor. Tayler tayyor, qolgan barcha futbolchilar safda. Tayler uchun bir haftada uchta o'yin o'tkazish qiyin. Biz uning holatini nazorat qilishimiz kerak. Chanoq sohasidagi og'riq nazorat ostida, ammo biz hushyor bo'lishimiz va uning o'yin vaqtini kuzatib borishimiz lozim.
Tarkibda o'zgarishlar kutilmoqda
Oxirgi o'yinda ishtirok etgan barcha futbolchilarni yana maydonga tushirishning imkoni yo'q. Bu juda og'ir uchrashuv edi. Shu bois, men rotatsiya o'tkazib, ko'plab futbolchilardan foydalanaman. Himoya markazi va yarim himoyada o'zgarishlar qilish imkoniyati bor. Hujumda ham yangi kuchlarni maydonga tushirish uchun o'zgarishlar qila olamiz. Bu ham juda tig'iz o'yin bo'ladi. «Nitsa» hozir yaxshi formada va bizga yangi kuchlar kerak. Bundan tashqari, bu kamroq o'ynayotganlar uchun imkoniyat. Yevropa ligasi o'yinlari va «Nitsa» bilan uchrashuv yaqinligi sababli futbolchilarning to'liq tiklanishiga vaqtimiz yo'q. Aynan shuning uchun uchinchi o'yin jismoniy jihatdan eng qiyini bo'ladi.
Darvozada ham o'zgarishlar bo'ladi
Biz Remiga juda ishonamiz. Aynan u ertaga o'ynaydi. O'yinchilar har birida imkoniyat bo'lishini bilishadi. Ular mening har biriga ishonishimdan xabardor. Deyarli barchasi shu mavsumda o'ynab bo'ldi va men oxirgi o'yinlardagi kabi ijobiy signallarni olib tursam, bu yondashuvni davom ettiraman. Dyuranvil ham ertaga o'ynashi mumkin. Remi Imber asosiy jamoa bilan bo'ladi. Adil Amdani va Stiv Kango bugun zaxira jamoasi safida o'ynashadi. Liga 1da biz faqat 20 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkaza olamiz.
Ruben Klyuyvert
Uni chap qanot himoyasida ishlatish imkoniyati bor. Hozir bizda Zak va Abner bilan ko'p muqobil variantlar yo'q. Ruben — qanot himoyachisi pozitsiyasi uchun variantlardan biri. U bu pozitsiyada o'ynagan. Bunday konfiguratsiyada ba'zi narsalar biroz o'zgaradi, ammo bu amalga oshsa bo'ladigan variant.
«Nitsa»
Men bu jamoaning sezilarli o'sishini payqadim. Ular oxirgi ikkita uy o'yinida «Lill» va «Strasbur»ni mag'lub etishdi. Bu juda vertikal va tezkor jamoa. Biz uchun bu qiyin o'yin bo'ladi. Ularning hujumda tezkor o'yinchilari bor va to'pni oldinga tez surishga intilishi xavf tug'diradi. Ular juda tez hujumga o'tishga qodir va tarkibida sifatli futbolchilari bor.
«Nitsa»ning hakamlik haqidagi bayonotlari
«Nitsa»ning hakamlik haqida gapirayotgani meni hayron qoldirdi. Balki, bu o'yingacha hakamlarga biroz ta'sir o'tkazish usulidir. Menimcha, hakamlarga ishonish kerak. Bu haqda nafaqat murabbiy, balki o'yinchilar ham gapirishdi. O'ylaymanki, ularning hakamga ta'sir o'tkazish niyati juda aniq. Mening nazarimda, biz hakamlikka ishonishimiz kerak. Fransua Leteksye kabi sifatli hakam bo'lganida, biz unga ishonishimiz lozim. Ammo bu «Nitsa»ning bu yerga kelishidan oldingi strategiyasi deb hisoblayman. Buni tushunish qiyin. O'yinni boshlanish hushtagidan oldin boshlash adolatsiz. Ular o'tgan yili ham xuddi shunday qilishgan.
Jamoa kayfiyati
Jamoa juda motivatsiyalangan. O'yinchilar tarkibda o'zgarishlar qilishimizni tushunishganda, maydonga tushishini bilganlar tabiiyki, juda motivatsiyalangan bo'lishadi. Jamoa qat'iy va yaxshi jismoniy holatda. Mashg'ulotlarda kuzatgan oxirgi signallarimiz juda ijobiy.
Ishlayotgan rotatsiya
Umid qilamanki, «Tuluza» va «Anderlext»ga qarshi o'yinlardagi kabi harakat qilishda davom etamiz, o'shanda ham rotatsiya o'tkazgandik. Aynan shuning uchun ertaga yana tarkibni o'zgartiraman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!