🎙️ Paulo Fonseka:
Biz "Lens"ga dastlabki 45 daqiqani sovg'a qildik.
Biz kerakli pallalarda pressing uyushtirmoqchi edik. Maydon markazida 3+1 sxemasida o'ynamoqchi edik, biroq 2+2 ko'rinishida harakat qildik… Biz noto'g'ri yo'l tutdik, chunki bu "Lens" futbolchilariga maydon markazida bo'sh hududlardan foydalanish imkonini berdi.
Terma jamoalar o'yinlari uchun tanaffus bahona emas. Strategiyani tayyorlash uchun bir kunimiz bor edi va ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadik. To'p nazorati bizda bo'ldi.
Birinchi bo'limda bizga shuningdek, shiddat va agressivlik yetishmadi.
Jamoa yaxshi munosabat bildirdi. Hisobni tenglashtirish uchun imkoniyatlarimiz bo'ldi, ammo bo'lar ish bo'ldi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!