Malik Fofana kelajagi borasida Fransiyadan muhim ma'lumotlar kelib tushdi.
Bu haqda "Lion" bosh murabbiyi Paulo Fonseka Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi "Fenerbaxche"ga qarshi javob o'yini oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida gapirib o'tdi.
Portugaliyalik mutaxassis dastlab so'nggi oylarda sog'lig'i bilan bog'liq muammolarga duch kelgan belgiyalik vinger haqida to'xtaldi:
Hozir u bilan hammasi joyida, ham jismonan, ham ruhan. O'ylashimcha, u biz bilan qoladigan futbolchi. U biz bilan qolishga juda motivatsiyalangan.
Shundan so'ng Fonseka transfer bozoriga to'xtalib, "Lion" Fofana bo'yicha takliflar olganini va ularni rad etganini ma'lum qildi:
Biz Malikni sotish haqida xavotirda emasmiz. Bizda takliflar bor. Agar boshqa klublar uni qo'lga kiritmoqchi bo'lsa, yaxshi pul to'lashlari kerak bo'ladi. Klub takliflarni rad etdi, chunki biz bu futbolchiga ishonamiz.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!