🎙️ Paulo Fonseka: «Menga Rubenning so'nggi ikki o'yindagi harakatlari juda yoqdi (shu jumladan, 9-oktabr kuni mag'lubiyat bilan yakunlangan «Lans»ga qarshi bahs, unda u asosiy tarkibda maydonga tushgan). Mussaning yo'qligida u ham juda yaxshi o'ynadi. O'ylaymanki, markaziy himoyachilar jamoaning eng yaxshi o'yinchilari bo'lishdi. Bugun, nazarimda, Ruben va Feliks (Baxer) ham juda yaxshi o'yin o'tkazishdi.
Unda Rubenni himoyaning o'ng yoki chap qanotida ishlatish imkoniyati bor. Qaysi variant eng yaxshisi bo'lishini o'zim hal qilaman.
Ruben qanot himoyachisi pozitsiyasida o'ynaganda, hujumda u Zakdan (Atekeme) butunlay boshqacha harakat qiladi va bu bizning niyatlarimizni o'zgartiradi. Ammo himoyada u bizga ishonchlilik bag'ishlaydi, u raqiblar bilan yakkama-yakka kurashlarda juda tezkor o'yinchi.
Ko'ramiz. Keyingi o'yin uchun rejam bor, lekin avvalo o'yinchilar qanday tiklanishini baholash kerak. So'nggi paytlarda ular juda ijobiy dinamikani namoyish etishmoqda».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!