Pedro Porro: "Barselona" qiziqishi – bu men uchun maqtov"
Barca Family News ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 24

Pedro Porro: "Barselona" qiziqishi – bu men uchun maqtov"

❓Sen "Tottenxem" bilan shartnomangni uzaytirding, ammo senga "Barsa" va "Real" kabi klublar qiziqish bildirishgandi.

🗣 Pedro Porro: "Mening klubim bilan shartnomam bor va men u yerda juda baxtliman. Men uni hurmat qilishim kerak. Albatta, futbolda shunday bo'ladi: turli xabarlar paydo bo'ladi, mish-mishlar tarqaladi, lekin hozir men terma jamoaga e'tibor qaratganman, qolganini esa vaqt ko'rsatadi".

❓O'ylaymanki, "Barselona" senga qiziqish bildirgani – bu maqtov.

🗣 Pedro Porro: "Ha, albatta, bu maqtov. Dunyoning eng yaxshi klublaridan biri senga qiziqish bildirganda – yoki hech bo'lmaganda shunday deyishganda – bu har doim yoqimli, chunki men o'z ishimni yaxshi bajaryapman, shekilli. Shu ruhda davom etish kerak".

❓Laporta hatto sen uning sevimli o'yinchilaridan biri ekanligingni tan olgandi. Bu haqda podkastlardan birida aytishgan.

ℹ️ Laporta bunday gapni ommaviy tarzda aytmagan.

🗣 Pedro Porro: "Men buni eshitmadim. Ammo bu ham uning tomonidan aytilgan maqtov. Yuqorida aytganimdek, boshqa klub prezidenti, mening klubim emas, mening ishimni yuqori baholashi yaxshi. Demak, men hammasini to'g'ri bajaryapman".
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!