🚨 «Milan» uchun yomon xabar: Estupinyan jarohat oldi!
Ekvador terma jamoasidan xavotirli xabarlar kelib tushdi.
Pervis Estupinyan mashg'ulotlarda qatnashmadi va bugun Panamaga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazib yubordi. Ekvador OAV xabariga ko'ra, himoyachi tizzasidan jarohat olgan.
Ekvador bosh murabbiyi Marselo Galyardo jarohatni tasdiqladi va Estupinyanning yig'indagi ishtiroki yakunlandi.
Hozircha jarohatning qay darajada jiddiyligi va tiklanish muddatlari haqida ma'lumot yo'q. Hammasi tibbiy ko'rik natijalariga bog'liq bo'ladi.
Vaziyat juda noxush: aynan shu dam olish kunlari «Milan» «Sassuolo» bilan o'ynaydi, shundan so'ng jamoani A Seriya va Yevropa Ligasi o'yinlaridan iborat tig'iz taqvim kutib turibdi.
Umid qilamizki, jarohat unchalik jiddiy emas.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!