Peter Bosh Serjino Dest bilan bog'liq qiziqarli voqeani so'zlab berdi. O'ng qanot himoyachisi o'z murabbiyiga tunda qo'ng'iroq qilgan. Bu favqulodda holat emas, balki futbolchining PSV marketing borasida noto'g'ri ishlayapti deb hisoblagani bilan bog'liq edi.
Dest mashg'ulotlarda ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent yaratish maqsadida ko'proq fotograf va operatorlar bo'lishini istagan. O'z vaqtida murabbiyiga tunda qo'ng'iroq qilishni xayoliga ham keltirmagan Bosh, baribir futbolchining tashabbusini qadrladi.
"Men hozir biroz uxlayman. Ertaga bu haqda gaplashib olamiz", - deya qisqa javob qaytargan Bosh.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!