🗣️ Pol Skoulz — Jey-Jey Gabrielning ehtimoliy ketishi haqida:
«15 yoshda yoningizda to'g'ri odamlar bo'lishi kerak. Hozir Jey-Jeyning atrofidagilar unga juda ko'p bosim o'tkazmoqda va imkonsiz narsani kutishmoqda — go'yo u allaqachon asosiy tarkibda o'ynashi va «Oltin to'p» uchun kurashishi kerakdek.
«Yunayted» uni to'xtatayotgani yo'q, aksincha, himoya qilmoqda. «Real» yoki «Barselona»da uni bemalol bir necha yilga akademiyaga jo'natib yuborishlari mumkin.
Agar u ketishga qaror qilsa — bu uning tanlovi, ammo «MYU» bunday salohiyatga ega o'yinchini tekinga qo'yib yubormasligi kerak. Kamida 100 million funt talab qilish kerak».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!