Portu - Napoli: uchrashuvni Maykl Oliver boshqarib boradi
FC Porto ↗ ●●●●● Umumiy 👁 37

Portu - Napoli: uchrashuvni Maykl Oliver boshqarib boradi

UEFA hakamlar qo'mitasi ingliz referisi Maykl Oliverni UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining to'rtinchi turidan o'rin olgan "Portu" — "Napoli" uchrashuviga bosh hakam etib tayinladi. O'yin chorshanba kuni soat 23:00 da "Eshtadiu du Dragau" stadionida bo'lib o'tadi.

41 yoshli referiga qanotlarda uning vatandoshlari Styuart Bert va Jeyms Meynuoring yordam berishadi. To'rtinchi hakam vazifasini yana bir ingliz Tomas Bramell bajaradi. VAR tizimida Styuart Ettuell (Angliya) ishlaydi, unga esa nemis Kristian Dingert (AVAR) ko'maklashadi.

Bu Maykl Oliver boshqaradigan "Portu" ishtirokidagi uchinchi yevrokubok bahsi bo'ladi. 2018/19-yilgi mavsumda ingliz referisi "ko'k-oqlar"ning "Galatasaroy"ga qarshi g'alabali o'yinida (1:0) ishlagan, shuningdek, 2022/23-yilgi mavsumda "Bryugge" maydonidagi yirik g'alabani (0:4) ham aynan u boshqarib borgan.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!