Bu g'alati an'anaga aylanib bormoqda — PSG delegatsiyasi (jarohat olganlardan tashqari) navbatdagi uchrashuv sababli «Oltin to'p» topshirish marosimini o'tkazib yuborishi mumkin.
Bugun Parij prefekturasi LFP va manfaatdor klublar bilan bog'lanib, «Park de Prens» stadionida rejalashtirilgan PSG – Lion uchrashuvini yakshanba kuni o'tkazish imkonsizligi haqida xabar berdi — politsiyada yetarlicha kuchlar mavjud emas. Ushbu dam olish kunlari bir tomondan ommaviy norozilik namoyishlari kutilmoqda, ikkinchi tomondan esa yakshanba kuni «Stad de Frans»da NFLning safar o'yini bo'lib o'tadi. Xullas, ularning PSG bilan ishi yo'q.
Yangi sana bo'yicha qaror hali qabul qilinmagan, biroq OAVda uchrashuv dushanba kuniga ko'chirilishi va «Oltin to'p» marosimi bilan bir vaqtga to'g'ri kelishi mumkinligi haqida faol mish-mishlar tarqalmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!