Rafa Marin ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida «Napoli»dagi kelajagi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
«Noyob mavsum, yubiley mavsumi boshlanmoqda va biz buni his qilyapmiz. Men ushbu buyuk klubga yordam berishni va jamoa bilan birga tarixga kirishni istayman. Aynan shuning uchun men bu yerga qolish uchun kelganman. Ushbu libos uchun va «Napoli»ni sevadigan barcha insonlar uchun oxirigacha kurashish orzusini amalga oshirmoqchiman. Avvalambor, shu».
«Bu shunchaki chiroyli so'zlar emas. Bu faktlar, mashaqqatli mehnat va ishga bo'lgan sadoqat. Bu mavsumoldi tayyorgarligining ilk kunidan beri mening maqsadim edi. O'zimni har qachongidan ham kuchliroq his qilyapman, tayyorman va buni maydonda isbotlashga juda katta ishtiyoqim bor. Biz bu yerga o'z hissamizni qo'shish, raqobatlashish va birgalikda o'sish uchun keldik. «Napoli» biz uchun hamma narsadan va barchadan muhimroq. Oldinga!»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!