Milan vingeri Rafael Leau kutilayotgan transferi oldidan klub bilan xayrlashdi. Portugaliyalik futbolchi Galatasaroyga 43+2 million yevro evaziga o'tishi kutilmoqda.
Ha, hozir og'ir damlar. Men yetti yillik hamkorlikdan so'ng jamoadoshlarim bilan xayrlashdim. Ular menga o'sishimga va Milan sharafini himoya qilish nimani anglatishini tushunishimga yordam berishdi, ammo xayrlashish vaqti keldi.
Men boshqacharoq xayrlashishni xohlardim – balki oxirgi marta San-Siroda bo'lib, maydonning o'zida xayrlashardim. Men klub tarixida qolishim aniq, chunki bu yerda nimalar qilganimni bilaman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!