Rafael Leau uchun Turkiyada omadsiz oqshom! 😳
«Milan»ning sobiq hujumchisi «Genchlerbirligi»ga qarshi o'yinda maydonga 61-daqiqada tushdi, ammo atigi 16 daqiqadan so'ng murabbiy uni zaxiraga qaytardi. Portugaliyalik futbolchi o'rniga Deniz Gyul maydonga tushdi.
📉 Hozircha Leauning «Galatasaroy»dagi statistikasi havas qilgudek emas: 7 ta o'yin, 403 daqiqa va bor-yo'g'i bitta golli uzatma — «Barselona»ga qarshi o'yinda.
🔥 Turkiyalik muxlislar uni yetarlicha harakat qilmayotgani va o'yini uchun allaqachon tanqid qilishmoqda. Kameralar esa erta almashtirilgan futbolchining yaqqol asabiylashganini muhrlab oldi.
Qanday o'ylaysiz, Leau Turkiyada faoliyatini qayta tiklay oladimi yoki bu transfer xato bo'lib chiqadimi?
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!