Rafinya: ""Barsa"da o'z o'rnimni topish uchun borimni berdim"
Barca Family News ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 27

Rafinya: ""Barsa"da o'z o'rnimni topish uchun borimni berdim"

❓O'yin uslubingizdagi o'zgarishlar, xususan, "to'qqizlik" pozitsiyasidagi harakatlaringiz haqida nima deya olasiz? Bu instinktmi? Masalan, Gabriel Jezusdan maslahatlar so'raysizmi? Kimlarni kuzatasiz va o'tgan mavsum "Atletiko"ga qarshi bahslarda maydonda bo'lganingizda nimalar o'zgarishi mumkin edi deb o'ylaysizmi?

🗣 Rafinya: «Bu harakatlar men uchun juda tabiiy, ularni doim qilib kelganman. Ilgariroq darvozadan biroz uzoqroqda harakatlanardim, shuning uchun bu harakatlar uzatmalar uchun yoki raqib chizig'ini pastlatish uchun qilinardi. Bu mening tabiiy sifatim. Maslahatlarga kelsak — yo'q, biz har xil sifatga ega o'yinchilarmiz. Gabining o'z sifatlari bor, meniki o'zimda. Lekin men boshqalarni juda diqqat bilan kuzatadigan odamman: Gabriel, Lamin, Entoni, Karim — barchasini kuzataman. "To'qqizlik"da o'ynab, ko'proq aynan "to'qqizlik"lar qanday harakat qilishiga e'tibor qarataman.
O'tgan mavsum nima bo'lishi mumkin edi — buni ayta olmayman, biror narsa o'zgararmidi, bilmayman. Men shunchaki jamoa a'zolaridan biriman. Tarkibimiz har qanday raqibga qarshi turish uchun yetarlicha sifatga ega, bu bir kishiga bog'liq emas. Men ham xuddi shunday yomon kunni o'tkazishim mumkin edi. Jamoamizdagi har qanday o'yinchi har qanday raqibga qarshi o'ynashga qodir».

❓"Barsa"ga kelganingizda agentingiz Deku edi, keyin esa u klub sport direktori bo'ldi. Hozir yangi agentingiz bormi va Deku shaxsiy hamda professional darajada siz uchun nimani anglatadi?

🗣 Rafinya: «Deku 7 yil davomida agentim bo'lgan, bugun esa bu 10 yillik juda yaxshi do'stlik. Bir vaqtlar Deku men uchun ota kabi edi, u shaxsiy va futbol jihatidan men uchun juda ko'p ish qildi. Aynan u men bunday klubda o'ynay olishimga ishongan va meni orzu qilishga majbur qilgan odam edi.
Mening agentim yo'q. Ishlarimni o'zim, rafiqam va jamoam bilan birga olib boraman. Shartnomani uzaytirish yoki boshqa masalalarni hal qilish kerak bo'lganda, barchasini ikkalamiz qilamiz. Deku bilan munosabatlarimiz a'lo darajada. Albatta, u faoliyatimga g'amxo'rlik qilgan paytlar osonroq edi, hozir esa ba'zida klub va o'zim uchun biroz "kurashish"ga to'g'ri keladi, lekin biz doimo yaxshi muloqotda bo'lamiz. U bilan munosabatlarimiz juda yaxshi».

❓Muxlislar sizni juda yaxshi ko'rib qolishdi. "Barsa"da qadrlanayotganingizni his qilish va ismingizni baralla aytishayotganini eshitish siz uchun nimani anglatadi?

🗣 Rafinya: «Vaziyatning o'zgarishi ko'proq shaxsiy ko'rsatkichlar bilan bog'liq. Birinchi kundan boshlab maydonda va kiyinish xonasida borimni berdim. Balki, avvaliga odamlar kutgan natijalar bo'lmagandir, lekin men doim nimalarga qodirligimni bilganman. Mening fikrimcha, dastlabki ikki mavsumda unchalik katta bo'lmagan jamoadan kelib, mavsumiga 10 ta gol uradigan o'yinchini munosib baholash kerak.
E'tirof menga o'z ishimni yanada ishonch bilan bajarish uchun biroz xotirjamlik berdi, chunki seni haydab yubormoqchi bo'lishsa, ishlash uchun xotirjamlik bo'lmaydi. Lekin men doim bu klub uchun hamma narsamni berganman va tanam ruxsat bergunicha buni davom ettiraman».

❓"Real"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin jamoa o'zini qanday his qilyapti? O'zingizga kelib oldingizmi va Chempionlar ligasi bu mavsumdagi asosiy maqsad bo'lib qolyaptimi?

🗣 Rafinya: «Jamoa o'zini juda yaxshi his qilyapti. Bu mag'lubiyatdan keyin La Liga o'yinini o'tkazdik va g'alaba qozondik, PSGdan uchralgan mag'lubiyatdan keyin esa yana bir Chempionlar ligasi o'yinini o'tkazib, unda ham g'alaba qozondik. Jamoa yaxshi formada.
Bular og'ir mag'lubiyatlar edi, lekin ular hech narsani o'zgartirmaydi. Biz PSGning kuchini bilardik — ular ikki karra Yevropa chempioni, Klasikoda esa doim buyuk futbolchilar o'ynaydi. Biz uch ochko yo'qotdik, lekin La Ligada peshqadamlikni saqlab qolyapmiz. Maqsadlarimga kelsak: men Chempionlar ligasida g'olib chiqmoqchiman, shuningdek, biz kurashayotgan qolgan uchta sovrinni ham yutishni istayman».

🔚 Matbuot anjumani yakunlandi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!