❓Sen Flikka: «Agar Xulian kelmasa, xohlasangiz, o'zim o'ynayman (hujumchi pozitsiyasida)», deb aytganmiding?
🗣 Rafinya: «Yo'q. Rostini aytsam, nima deyishni ham bilmayman, to'g'risi. Adashmasam, «Bazel»ga qarshi o'yinimiz bor edi. Rostdan ham «to'qqizlik» pozitsiyasida mashg'ulot o'tkazganimni eslay olmayman, chindan ham eslay olmayman, lekin murabbiy menga «to'qqizlik»da o'ynashimni, keyin esa qanotga o'tkazishini aytdi. Xo'sh, men: «Mayli, muammo yo'q, nima qilish kerak bo'lsa, o'shani qilaman va tamom», deb javob berdim. Va umuman olganda, o'sha yerda o'ynadim. Keyin ikkinchi bo'limda, chamamda, chap qanotda harakat qildim.Va eslayman, La Liga boshlanishidan oldin biz mashg'ulot o'tkazayotgan edik, men «to'qqizlik» pozitsiyasida edim, Entoni — chapda, Lamin — o'ngda va murabbiy mendan o'zimni qulay his qilyapmanmi va o'z pozitsiyamga qaytish uchun joy almashishni xohlaymanmi, deb so'radi, Entoni esa «to'qqizlik»ka o'tardi. Men unga yo'q, hammasi joyida deb javob berdim, keyin esa o'yin davomida biror narsa bo'lsa, joy almashamiz dedim. Rostini aytsam, menda hammasi a'lo darajada chiqdi, shuning uchun hech narsani o'zgartirishga hojat qolmadi».
❓Lekin shubhalaring bo'lganmi?
🗣 Rafinya: «Ha».
❓Nega? Gollar ura olmasliging sabablimi...
🗣 Rafinya: «Albatta, chunki odamlar sendan gollar kutishadi. Oxir-oqibat, sen «to'qqizlik» pozitsiyasida o'ynayapsan va ilgari Robert Levandovski bo'lgan joydasan. Shuning uchun agar gol urmasang, odamlar sendan aynan shuni talab qilishadi, aynan shu sababli».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!