Rafinya: «Avvalo, ushbu imkoniyatdan foydalanib, xatti-harakatlarim va chetlatilishim uchun uzr so'ramoqchiman. Ba'zida o'zingni tiyib turish qiyin. Ayniqsa, mening nazarimda, hakam o'yin davomida shuncha xatolarga yo'l qo'yganidan keyin. Men u bilan bir necha bor gaplashishga urindim. Biror marta ham u muloqotga tayyor ekanligini sezmadim. U o'yinning ko'p vaziyatlarida xato qildi deb hisoblayman. Bu qabul qilib bo'lmas holat.
Mening fikrimcha, ularning birinchi goli vaqtida qoida buzilgandi: raqib to'pni qo'li bilan to'g'rilab olgan. Nazarimda, bu fol, ammo hozirgi futbol qoidalaridan kelib chiqqan holda buni tushunish mumkin. Birinchi bo'limda penalti bor edi. Fikrimcha, bu penalti edi, u esa yo'q dedi. Keyin, ularning uchinchi goli vaqtida Joaoga nisbatan aniq qoida buzilishi sodir bo'ldi. VAR yordamida u golni hisobga oldi.
Hakamlik haqida gapirmaslik juda qiyin. Biz o'yin boshidan harakat qildik, yaxshilashimiz kerak bo'lgan jihatlar uchun mas'uliyatni bo'ynimizdan soqit qilmaymiz. Biz o'syapmiz, Jahon chempionatidan keyin yana formaga kirmoqdamiz. Ajoyib o'yin o'tkazdik. Ikkinchi bo'limda birinchi bo'limga qaraganda ancha yaxshiroq o'ynadik, lekin hakamga qarshi ham o'ynashga to'g'ri kelganda qiyin bo'ladi — bu vazifani murakkablashtiradi. Aybni boshqalarga ag'darmoqchi emasman, ko'p narsani yaxshilashimiz kerak. Va biz yaxshilanamiz. Ammo bugungi hakamlikni e'tiborsiz qoldira olmaymiz».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!