❓Sen Lamin Yamalga sardorlik bog'ichini topshirding. Nega u nishonlash uchun aynan sening oldingga yugurib keldi? Balki unga gol urishini aytgandirsan?
🗣 Rafinya: «Ha. Men uni yaxshi bilaman va u biror narsa o'xshamay qolganda o'yindan «tushib qolishini» tushunaman. Maydonda uni ruhlantirishga harakat qildim, hammasi joyiga tushishini va gol urishini aytdim, toki u o'yindan uzilib qolmasin. Yakunda u gol urishga muvaffaq bo'ldi va men u uchun juda xursand bo'ldim — o'ziga ham bu gol juda kerak edi. Aslida eng muhimi shu: qachonki biri ikkinchisi uchun chin dildan xursand bo'lsa, chunki g'olib jamoa aynan shunday quriladi».
❓Kecha Lamin baxtli ekanini aytdi, lekin sen uni juda yaxshi bilasan: agar u gol urmasa, tabassum qilmaydi.
🗣 Rafinya: «Ha, garchi hammasi o'yinga ham bog'liq bo'lsa-da. Agar ajoyib o'yin o'tkazayotganingni his qilsang, golsiz ham maydonni xursand holda tark etasan. Men bilan ham ko'p marta shunday bo'lgan: gol urmaysan, lekin ichingda yaxshi o'ynaganingni tushunasan va kayfiyating ko'tarinki bo'ladi. Lekin, albatta, biz hujumchilar sifatida har doim gol urishni istaymiz».
❤️
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!