❓Sen Laminning surati ostiga "Mening "Oltin to'pim" deb yozding. Demak, sening uchun hammasi aniq: bu yil Lamin g'olib chiqishi kerakmi?
🗣 Rafinya: "Ha, men uchun hammasi aniq. Nazarimda, avval aytganimdek, bu sovrinni individual va jamoaviy ko'rsatkichlari yaxshi bo'lgan futbolchiga berishadi. Laminning ko'rsatkichlari yaxshi, uning klub miqyosidagi sovrinlari bor, Lamin Jahon chempionatida g'olib chiqdi.Odamlar Laminning o'yinini ko'rish uchun har qanday pulni to'lashga tayyor, men ham to'lagan bo'lardim, lekin men u bilan birga maydondaman, shuning uchun bundan ko'proq zavq olishim mumkin.
Men uchun hammasi juda ravshan: Lamin g'olib chiqishi kerak va nuqta, boshqa variant yo'q. Boshqalarni hurmat qilgan holda aytaman, Lamin, shubhasiz, bu sovrinni olishi kerak".
❓Uning o'yinlari haqida nima deysiz...
🗣 Rafinya: "Uning o'yinlari haqida gapirishning hojati yo'q deb o'ylayman, chunki u har bir o'yinda aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshiradi. Men uchun undan boshqasi yo'q. Braziliyada shunday ibora bor: futbolchilarni maydonda ko'rganingda "ko'zlaring yonadi". Men bolaligimda Ronaldinyoning o'yinini ko'rganimda ko'zlarim yonardi; Lamin bilan ham xuddi shunday bo'lmoqda.U maydonga shunchalik sehr olib kiradi, gollar uradi, assistlar qiladi, sovrinlar yutadi. O'ylaymanki, bu yetarli. Agar u yana nimanidir qilishi kerak bo'lsa, nima ekanligini ham bilmayman. Ammo bu adolatli sovrin bo'lsa, men uni Laminga bergan bo'lardim".
❓Mbappening bu borada ochiqchasiga fikr bildirayotganiga qanday qaraysiz? U birorta ham sovrin yutmay turib, bu mukofotni yutmoqchi.
🗣 Rafinya: "Men aytgan bo'lardimki, mening "Oltin to'pim" — bu Lamin".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!