Real Madrid 4:1 Leyptsig: Madridliklar yirik g'alabaga erishdi
ZZoneRM ↗ ●●●●● Natijalar 👁 66

Real Madrid 4:1 Leyptsig: Madridliklar yirik g'alabaga erishdi

Chempionlar ligasi 3-turida "Real Madrid" o'z maydonida "Leyptsig"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdagi gollarga Bernardu (43), Gyuler (52), Mbappe (83) va Diomande (87) mualliflik qilishdi. Mehmonlarning yagona golini 85-daqiqada Gomis kiritdi.

Gollar: 1:0 — Bernardu (43), 2:0 — Gyuler (52), 3:0 — Mbappe (83), 3:1 — Gomis (85), 4:1 — Diomande (87)

Assistentlar: 2:0 — Mbappe; 3:0 — Diomande; 3:1 — Baumgartner; 4:1 — Braim

"Real Madrid" tarkibi: Kurtua; Valverde, Ryudiger, Xausen, Karreras (Kukurelya, 70); Bernardu, Kamavinga; Gyuler (Braim, 78), Bellingem (Endrik, 88), Vinisius (Diomande, 70); Mbappe (Espi, 88)

Uchrashuvdan keyingi statistik ma'lumotlar:

📈 "Real Madrid" Mourinyu qo'l ostida hisobni ochgan barcha 16 ta Chempionlar ligasi o'yinida g'alaba qozondi.

📈 Diomande 19 yoshu 341 kunlik holatida "Real" tarixida zaxiradan maydonga tushib, bitta o'yinda ham gol urgan, ham assist qayd etgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bungacha rekord Guti (22 yoshu 325 kun)ga tegishli edi. Shuningdek, Diomande turnir tarixida bu natijani qayd etgan to'rtinchi eng yosh futbolchi bo'ldi.

📈 Mbappe "Real" safidagi 28-o'yinida ilk bor Chempionlar ligasi doirasida bitta bahsda ham gol, ham golli uzatma muallifiga aylandi. Fransiyalik futbolchi Chempionlar ligasi tarixida ikki xil klub ("PSJ" va "Real Madrid") safida 25 tadan ortiq gol urgan ilk o'yinchi bo'ldi.

📈 Gyuler faoliyatida uchinchi bor "Real" safida ketma-ket ikki o'yinda gol urishga erishdi.

📈 Bernardu "Real Madrid" safidagi debyut golini nishonladi. U 32 yoshu 72 kunlik holatida Chempionlar ligasida "Real" safida debyut golini urgan eng yoshi katta legionerga aylandi. Shuningdek, u Chempionlar ligasida avval "Real"ga qarshi o'yinda gol urib, keyinchalik madridliklar safida to'p kiritgan oltinchi futbolchi bo'ldi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!