Fabrisio Romano xabariga ko'ra:
Tchuameni «Real»da qoladi. «Manchester Yunayted» 26 yoshli yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olishni istagan edi, ammo u «qaymoqranglilar» bilan yangi shartnoma imzolab bo'lgan. Fransiyalik futbolchi Mourinyu uchun muhim o'yinchi bo'ladi.
Endrik «Real»da qolishni istasa-da, klub rahbariyati forvardning kelajagi borasida uning agentlari bilan muzokaralar o'tkazadi. «Roma» va «Aston Villa» 20 yoshli braziliyalik futbolchini ijaraga olishdan juda manfaatdor.
«Kastilya» yarim himoyachisi Pitarch «Fulxem»ga o'tmaydi. Mourinyu 19 yoshli o'yinchidan juda mamnun, shu sababli u «Real»da qolishi mumkin. Hozirda Pitarch jarohat olgan, ammo uning kelajagi atrofidagi voqealar rivojini kuzatib borishimiz kerak.
Cadena SER ma'lumotiga ko'ra, Endrik «Real Madrid»ni ijara asosida tark etishi mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!